Chet eldagi qarindoshlarining Visa kartasiga pul o‘tkazmalari | Visa
Chet eldagi qarindoshlarining Visa kartasiga pul o‘tkazmalari
Bu xizmat nima uchun kerak?
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmati pullarni bir zumda o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi
Undan qanday foydalansa bo‘ladi?
1-qadam: Kartaning 16 ta raqamini bilib oling
Bu kartaga pul o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan yagona narsa. Siz karta raqamini qarindoshlar va do‘stlaringizga bemalol berishingiz mumkin – bu xavfsiz.
! Pul o‘tkazish uchun karta raqamini berishda, hech qachon kartaning PIN-kodini, amal qilish muddatini, CVV2-kodini, hatto o‘zingiz yaxshi bilgan odamlarga ham aytmang.
2-qadam: Pul o‘tkazish usulini tanlang
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatidan foydalanishning ko‘plab usullari mavjud.
3-qadam: O‘tkazmani amalga oshiring
Pullar deyarli bir zumda kartaga tushadi.
Bugungi kunda aksariyat banklar sizga Visa to‘lov tizimida deyarli bir zumda pul o‘tkazish imkonini beradi. Agar siz uchun pulning tez kelishi muhim bo‘lsa, bankingizdan Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatidan foydalanib pul o‘tkazsangiz pul qanchalik tez kelishini aniqlab oling.
Umumiy savollar
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari nimani anglatadi?
Kartalarga tezkor pul o‘tkazmalari – bu Visa karta egalariga ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, xizmatlar, kreditlarni to‘lash va pullarni o‘tkazish amaliyotlarini oson va tezkor amalga oshirish imkonini beruvchi xizmatdir. Pulni o‘tkazish uchun qabul qiluvchining 16 belgili Visa karta raqamini bilish kifoya. Pulni bankomat, mobil telefon, internet yoki terminal orqali yuborishingiz mumkin.
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatidan foydalanish uchun vositachilik haqi olinadimi?
Banklar pul o‘tkazmalari uchun vositachilik haqini o‘z xohishiga ko‘ra belgilaydilar. Vositachilik haqi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bankingiz saytidagi shaxsiy kabinetingizda qidiring.
Pul o‘tkazish uchun cheklov bormi?
Xizmatdan foydalanish shartlarida qayd etilishicha, tranzaksiya 30 daqiqadan kamroq vaqtni oladi, biroq ko‘pincha pul bir necha soniya ichida oluvchining hisob raqamiga tushadi.
Pullarni qaysi valyutada o‘tkazishim mumkin?
Pullarni istalgan valyutada o‘tkazish mumkin. Visa kartasiga pul o‘tkazishda, pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan karta valyutasida avtomatik ravishda hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Boshqa mamlakatlardan pul o‘tkazsa bo‘ladimi?
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatidan dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida foydalanish mumkin. Siz istalgan mamlakatda bo‘la turib, istalgan mamlakatga pul o‘tkazishingiz mumkin*.
* Cheklovlar mavjud. Iltimos, ma’lumotni bankingizda aniqlab oling.
Boshqa banklarning mijozlariga pul o‘tkazsa bo‘ladimi?
Agar bankingiz Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatini taqdim etsa, siz boshqa Visa karta egalariga, kartalari qaysi bankda chiqarilganidan qat’i nazar, pullarni bemalol o‘tkazishingiz mumkin.
Men bankimning saytida Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatining bo‘limini topa olmayapman, nima qilishim kerak?
Ehtimol, bankingiz hali xizmatni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin. Boshqa banklarning mijozlariga pul o‘tkazsa bo‘ladimi? yoki hali saytda tegishli o‘zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lmagan. “Pul o‘tkazmalari” menyusidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qiling. Shuningdek, Visa kartangizdan ushbu xizmatni taqdim etuvchi istalgan boshqa bank orqali pul o‘tkazishingiz mumkin.
Visa kartasidan boshqa to‘lov tizimining kartasiga pul o‘tkazsa bo‘ladimi?
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmati faqat Visa kartasidan Visa kartasiga pul o‘tkazish imkonini beradi. Ba’zi banklar turli to‘lov tizimlarining kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalari xizmatini taqdim etadilar. Batafsil ma’lumotni bankingiz saytida topishingiz mumkin.
Vositachilik haqining miqdori pul o‘tkazilayotgan mamlakatga bog‘liqmi?
Har bir alohida holatda vositachilik haqining miqdori pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatuvchi bank tomonidan belgilanadi. Vositachilik haqi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bankingiz saytida topishingiz mumkin.
Mening bankim Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatini qo‘llab-quvvatlashini qanday bilsa bo‘ladi?
Bu haqda ma’lumotni bankingiz saytida izlashingiz kerak.
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazish uchun eng yaqin bank filialini qanday topsa bo‘ladi?
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazish xizmatidan onlayn tarzda yoki eng yaqin to‘lov terminalida foydalaning.
O‘tkazma summasi ikki marta yechilishi mumkinmi?
O‘tkazma summasini kartadan yechib olishdan oldin sizdan pul o‘tkazmasining to‘g‘riligini tasdiqlash so‘raladi. Pulning yechilishi tasdiqlashsiz amalga oshirilmaydi.
Men pul o‘tkazdim, lekin ular oluvchining hisobiga tushmadi, muammo nimada?
Pul o‘tkazmasining holatini bilish uchun sizga Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatini taqdim etgan operator bilan bog‘laning.
Pul o‘tkazish uchun qanday ma’lumotlarni bilishingiz kerak?
Pulni o‘tkazish uchun qabul qiluvchining 16 belgili Visa karta raqamini bilish kifoya.
Visa kartasini qanday ochish mumkin?
Visa kartasini olish uchun bankning istalgan filialida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda tegishli arizani to‘ldirishingiz kerak.
Xavfsizlik
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmati yordamida pul o‘tkazish xavfsizmi?
Visa firibgarlikning oldini olish uchun uzatiladigan ma’lumotlarning doimiy monitoringini va shifrlanishini ta’minlagan holda kartangiz bo'yicha amalga oshirilayotgan barcha amaliyotlarning xavfsizligini ta’minlaydi.
Men karta raqamimni boshqa shaxsga bersam bo‘ladimi?
Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmati yordamida pul o‘tkazish uchun Visa karta raqamingizni baham ko‘rish mutlaqo xavfsizdir. Biroq, hech qanday holatda kartangizning boshqa ma’lumotlarini bermasligingiz kerak, masalan: PIN-kod va CVV/CVC2, chunki bu ma’lumotlar shaxsiy hisobingizga kirishni ta’minlaydi va pulni yechib olish va o‘tkazish imkonini beradi.
Kartaning qaysi ma’lumotlarini hech qachon boshqa odamlarga bermaslik kerak?
Visa kartangizning PIN-kodi va CVV/CVC2-ni hech qachon va hech kimga aytmang, chunki bu ma’lumotlar shaxsiy hisobingizga kirishni ta’minlaydi va pulni yechib olish va o‘tkazish imkonini beradi.
Men oluvchining karta raqamini noto‘g‘ri kiritdim, nima qilishim kerak?
Agar siz karta raqamining 16 ta raqamini terayotganda tasodifan xatoga yo‘l qo‘ysangiz, pul o‘tkazilmaydi, chunki bunday raqamli karta mavjud emas. Har bir karta raqami xatoni aniqlashga yordam beradigan qo‘shimcha raqamni o‘z ichiga oladi.
Bankomat yoki POS orqali pul o‘tkazish uchun PIN-kodni kiritishim kerakmi?
Agar siz Visa kartasidan pul o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, summa yechib olinishidan oldin PIN-kodingizni kiritishingiz kerak bo‘ladi. Internet-bank orqali pul o‘tkazishda siz VbV parolini yoki internet banking login va parolini kiritishingiz kerak.
Pul o‘tkazish usullari
Pulni qanday qilib bankomat yordamida o‘tkazish mumkin?
- Bankomat menyusiga kiring.
- “Visa kartasiga o‘tkazma” xizmatini tanlang.
- Kartani joylashtiring, PIN-kodni kiriting.
- Qabul qiluvchining karta raqamini kiriting.
- Visa kartangizdan yubormoqchi bo‘lgan pul summasini kiriting.
- Qabul qiluvchining Visa kartasi raqami, o‘tkazma summasi, vositachilik haqining miqdori to‘g‘riligini tekshiring va pul o‘tkazmasini tasdiqlang.
Agar bankomatda naqd pul qabul qiluvchi moslama bo‘lsa, siz kartaga naqd pul o‘tkazishingiz mumkin:
- Bankomat menyusiga kiring.
- “Visa kartasiga o‘tkazma” xizmatini tanlang.
- Qabul qiluvchining karta raqamini kiriting. Pulni naqd pul qabul qiluvchi moslamasiga joylashtiring.
- Qabul qiluvchining Visa kartasi raqami, o‘tkazma summasi, vositachilik haqining miqdori to‘g‘riligini tekshiring va pul o‘tkazmasini tasdiqlang.
Pulni qanday qilib chakana savdo tarmoqlari orqali o‘tkazish mumkin?
- Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatadigan savdo shoxobchani tanlang.
- Kassirga Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatidan foydalanmoqchi ekanligingizni ayting.
- Kassirga oluvchining Visa karta raqamini ayting.
- Kassirga ism va manzilni ayting (MDH va boshqa mamlakatlarga pul o‘tkazmalari uchun).
- Kassir oluvchining karta raqamini to‘g‘ri kiritganligini tekshiring va vositachilik haqi miqdorini so‘rab biling.
- Kassirga pul o‘tkazish uchun pul bering.
Oluvchining Visa kartasiga pul o‘tkazish uchun bir necha soniyadan 2 bank kunigacha vaqt ketadi.
Pulni qanday qilib mobil telefoni yordamida o‘tkazish mumkin?
- Telefoningizda bank ilovasini yoki “Elektron hamyon”ni oching.
- Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatini tanlang.
- Mablag‘lar manbasini tanlang.
- Qabul qiluvchining Visa kartasi raqamini kiriting. O‘tkazmoqchi bo‘lgan miqdorni kiriting.
- Qabul qiluvchining Visa kartasi raqami, o‘tkazma summasi, vositachilik haqining miqdori to‘g‘riligini tekshiring va pul o‘tkazmasini tasdiqlang.