Visa kartasi va Swoo Pay - bir marta bosish bilan smartfon orqali to'lang! | Visa

Visa karta va Swoo Pay — bir klikda smartfon orqali to'lang!

Swoo Pay nima?

Swoo Pay - bu qulay, xavfsiz va foydali kontaktsiz to'lov xizmati bo'lib, Visa bank kartasini mobil ilovaga bog'lash va smartfonga bir tegish bilan xaridlarni to'lash imkonini beradi.

Xizmat Visa sertifikatiga ega, PCI DSS va EMVco xalqaro xavfsizlik standartlariga javob beradi.

Swoo Pay hatto internetga ulanmasdan ham ishlaydi, bu sizga kontaktsiz to'lovlarni qo'llab-quvvatlaydigan har qanday savdo nuqtalarida ishonchli to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Batafsil: https://swooapp.com/


Visa bilan Swoo Paydan qanday foydalanish kerak?

1-qadam Google Play yoki HUAWEI AppGallery da Swoo ilovasini yuklab oling va ko'rsatmalarga muvofiq Visa kartasini ilovaga qo'shing.

2-qadam Kassada xaridni to'lashda smartfonni blokdan chiqaring, to'lash uchun Visa kartasini tanlang va to'lovni amalga oshirish uchun terminalga teging.

3-qadam Shunchaki, smartfon ekranini yoqqan holatda terminalga olib borish orqali xaridlaringizni to'lash uchun Swooni asosiy to'lov ilovangizga aylantiring.


Xizmatning afzalliklari

Oddiylik

Visa kartangizni Swoo Pay’ga qo'shing va smartfoningiz yordamida bir tegish bilan to'lang.

Xavfsizlik

Har bir operatsiya haqiqiy karta ma'lumotlarini almashtiradigan noyob raqamli token bilan birga keladi.

Bu sizning kartangizning maksimal xavfsizligini kafolatlaydi.

Ishonchlilik

Kontaktsiz to'lovlar qabul qilinadigan dunyo bo'ylab millionlab savdo nuqtalarida tarmoqqa ulanmasdan ham to'lov.

Foyda

Swoo ilovasidagi Visa kartasi yordamida siz nafaqat kartangizning barcha afzalliklari va bonuslarini saqlab qolasiz, balki noyob sodiqlik dasturiga ham kirishingiz mumkin.

Hamkor banklar


Savollar va javoblar

Swoo ilovasi nimasi bilan foydali?

Swoo ilovasi yordamida to'lovlar tezroq va qulayroq bo'ladi, chunki u sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Bu ilova bepulmi?

Ha! Swoo hamma uchun bepul. Google Play yoki HUAWEI AppGallery da Swoo ilovasini yuklab oling va kundalik to'lovlar uchun qulay va xavfsiz usuldan foydalaning.

Swooda qanday kartalarni saqlashim mumkin?

Swoo ilovasida quyidagilarni saqlash mumkin:

Ilova qanchalik xavfsiz?

Ilova mutlaqo xavfsizdir. Barcha shaxsiy ma'lumotlar va moliyaviy ma'lumotlar to'liq maxfiylikda. Swoo Pay xizmati PCI, EMVco va Visa sertifikatiga ega.

Visa Token Service tufayli sizning kartangiz ma'lumotlari firibgarlikni himoya qiladigan va oldini oladigan noyob raqamli identifikator – token bilan almashtiriladi.

Bundan tashqari, Swooda sizning hamyoningiz xavfsizligini ta'minlash uchun kod himoyasi, shaxsni tekshirish va boshqa choralar mavjud.

Batafsil ma'lumotni Swooapp.com saytida topishingiz mumkin.

Swoo Payda Visa kartamdan foydalanish mumminligini qanday tekshirish mumkin?

Bankingiz Swoo Pay bilan hamkorlik qilishiga ishonch hosil qiling. Ilovaga Visa kartasini qo'shing va uni bir martalik SMS-kod (OTP) yoki bank qo'ng'irog'i orqali tasdiqlang.

Swoo Payda Visa karta balansini qanday ko'rish mumkin?

Swoo faqat kartaning raqami va amal qilish muddatini ko'rsatadi. Balansni Internet-bank yoki bankingizning mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Swoo Payda Visa karta tranzaksiyalari tarixini qayerdan topish mumkin?

Ilovadan kartani tanlang.

Ekranni pastdan yuqoriga torting.

Siz so'nggi tranzaksiyalar ro'yxatini ko'rasiz.*

* Swoo faqat so'nggi 10 ta tranzaksiyani ko'rsatadi, qo'shimcha ma'lumotni bank ilovangizda yoki bank ko'chirmangizda topasiz.

Swoo ilovasi qanday qo'shimcha afzalliklarga ega? Bonuslardan qanday foydalanishim mumkin?

Swoo ilovasida siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:

Batafsil ma'lumotni saytda bilib oling.

Swoo Pay haqida ko'proq savollar bilan qayerga murojaat qilish kerak?

Siz menyuda fikr-mulohaza shakli orqali ilovadagi qo'llab-quvvatlash chatiga yoki support@swooapp.com pochtaga yozishingiz mumkin.