Transportda Visa kartalari bilan to'lang | Visa
Transportda Visa kartalari bilan to'lang
Visa kartalari bilan jamoat transportida to'lovlarni tez, oson va qulay amalga oshiring
Jismoniy yoki smartfon yoki aqlli soatdagi raqamli Visa kartangizni transportdagi maxsus validatorlarga qo'ying, validatorda to'lov muvaffaqiyatli amalga oshganligi tasdiqlanishini kuting va bo'ldi, hammasi tayyor!
Visa kartalari bilan transportda kontaktsiz to'lovlarning afzalliklari
Tezkor
Yo'l haqini to'lash uchun validatorga jismoniy yoki raqamli Visa kartani qo'yish kifoya
Qulay
Kechqurundan ertalab uchun, qaytim yo'q bo'lib qolmasligi xavotirida, kichik qiymatdagi pullarni tayyorlashning, tig'iz paytda butun avtobusdan pulni berib yuborishning hojati yo'q
Xavfsiz
Visa, uzatilayotgan ma'lumotlarni doimiy ravishda kuzatib borilishi va shifrlanishi tufayli, kartangizdagi barcha operatsiyalar himoyasini ta'minlaydi
Visa kartalari bilan transportda to'lovlar qayerda mavjud
Toshkent, Samarqand, Urganch va qarshi aholisi ATTO transport operatorining statsionar yoki mobil validatorlari mavjud bo'lgan barcha avtobus va mikroavtobuslarida yo'l haqini to'lashning kontaktsiz usullaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, metro yo'lovchilari yo'l haqini kartalar bilan to'lashlari mumkin.
Statsionar validatorlar avtobuslar va mikroavtobuslarga old eshik orqali kirish joyida, shuningdek metropoliten turniketlarida o'rnatilgan. Mobil validatorlar avtobus konduktorlari tomonidan ishlatiladi.
Yo'l haqini kontaktsiz to'lash uchun siz Visa kartangizni mobil yoki statsionar validatorga qo'yishingiz kerak. Statsionar validatorda to'lov qilganda, ekranda muvaffaqiyatli to'lov tasdiqlanishini kutishingiz kerak. Yo'l haqi to'langandan so'ng, mobil validatorda chek chop etiladi va u yo'lovchiga beriladi.
Kontaktsiz texnologiyalar va Visa kartangizni smartfon yoki aqlli soatga qanday ulash haqida batafsil bilib oling
Tez-tez so'raladigan savollar
Ko'proq bilishni xohlaysizmi? Javobni ko'rish uchun savolni bosing
Men qayerda to'lovni kontaktsiz amalga oshirishim mumkin?
O'qib oluvchi qurilmalarda kontaktsiz to'lovlar belgisi tasviri mavjud bo'lgan har qanday savdo nuqtasida.
Kontaktsiz to'lov paytida mening ma'lumotlarim xavfsizmi?
Kontaktsiz tranzaksiyalar magnit lentali tranzaksiyalar kabi ishonchli va o'sha bir xil ishonchli to'lov tarmog'i orqali amalga oshiriladi. Kontaktsiz to'lov operatsiyalari paytida to'lov qurilmasini siz boshqarganingiz uchun firibgarlik xavfi kamayadi.
Kontaktsiz texnologiyadan foydalanishda komissiya olinadimi?
Karta egalaridan komissiya to'lovlari olinmaydi.
Mening kartam yoki kontaktsiz texnologiyaga ega gadjetim mening hamyonimda yoki cho'ntagimda bo'lsa, tasodifan o'qib olinishi mumkinmi?
To'lovni avtorizatsiya qilish uchun siz kartani, smartfonni, soatni yoki stikerni kontaktsiz to'lovlarni qabul qiladigan o'qib oluvchiga 3-5 smga yaqin olib kelishingiz va tranzaksiyani amalga oshirish uchun to'g'ri joylashtirishingiz kerak (stikerdan tashqari). Kontaktsiz Visa kartalaridagi ma'lumotlarni faqat vakolatli savdo nuqtalarining o'qib olish moslamalari qayta ishlashi mumkin.
Kontaktsiz Visa kartam yoki gadjetim yo'qolgan yoki o'g'irlangan taqdirda, men qanchalik himoyalanganman?
Kontaktsiz Visa kartalari o'z egalariga aynan standart Visa kartalari bilan bir xil himoyani ta'minlaydi. Kartangiz/gadjetingiz yo'qolgan yoki o'g'irlangan taqdirda, Visa xalqaro mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati vakillari sizning hisobingizni bloklab qo'yishi, karta almashtirilishini tashkil qilishi yoki favqulodda naqd pul bilan ta'minlashi mumkin. +1-303-967-1096 (xalqaro qo'ng'iroqlar) raqamini tering yoki siz turgan davlatdagi raqam mavjudligini tekshiring.
Kontaktsiz to'lov kartasi bu chipli kartami?
Bu chipli karta texnologiyasining bir turi. Karta kontaktsiz tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun plastik kartaga o'rnatilgan ilg'or kompyuter chipidan foydalanadi.
Kontaktsiz tranzaksiyani amalga oshirishning iloji bo'lmasa nima qilish kerak?
Ushbu savdo nuqtasi kontaktsiz Visa to'lovlarini qabul qilishiga ishonch hosil qiling. To'lov terminalida maxsus belgi bo'lishi kerak. Agar savdo nuqtasi kontaktsiz Visa to'lovlarini qabul qilsa, lekin tranzaksiya amalga oshmayotgan bo'lsa, Visa karta egalari kartani terminal orqali o'tkazish funksiyasidan foydalanishlari mumkin, chunki karta an'anaviy to'lovlar uchun magnit lenta bilan jihozlangan.