Visa premial kartalari bilan yukni bepul o‘rash xizmatidan foydalaning | Visa
Visadan qulaylik va premial imtiyozlar bilan sayohat qiling
Visa premial kartalari bilan bepul qadoqlash xizmatidan foydalaning
Visa premial kartalari bilan sayohatga tayyorgarlik osonroq bo’ladi, chunki endi siz Toshkent xalqaro aeroportida bepul bagajni qadoqlash xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Shartlar:
Bir kalendar yili davomida Visa premial karta egalari uchun xizmat quyidagicha taqdim etiladi:
- Visa Platinum - yiliga 2 marta;
- Visa Signature - yiliga 4 marta;
- Visa Infinite - yiliga 6 marta;
Taklif O’zbekiston Respublikasi hududidagi banklar tomonidan chiqarilgan, shuningdek, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus, Ukraina, Serbiya, Moldova, Turkmaniston, Makedoniya, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Kosovo, Chernogoriya va Armanistonda ham chiqarilgan faol va muddati tugamagan Visa Platinum, Visa Signature va Visa Infinite kartalari uchun mavjud.
POS terminal ishlamay qolganda xizmatni taqdim etish rad etilishi mumkin.
Taklif haqida batafsil havolada
Visa premial kartalari bilan siz uchun sayohatlarda doimo qo’shimcha xizmatlar va servislar mavjud bo’ladi.
Visa sizning sayohatlaringizni qulayroq qilishiga imkon bering!
2026-yil 30-sentyabrgacha
DragonPass
Butun dunyo bo'ylab DragonPass dasturi bilan biznes zallariga bepul kirish
2026-il 31-maygacha
Sayohat sug'urtasi
Sayohat davomidagi to'liq xalqaro sug'urta
Foydalanish shartlari
Imtiyozdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish uchun siz 35 kun* ichida Visa Platinum kartasi bilan - umumiy miqdorda 2 000 000 so'mdan boshlab, Visa Signature kartasi bilan - 4 000 000 so'mdan boshlab, Visa Infinite kartasi bilan - 10 000 000 so'mdan boshlab (yoki shu miqdorning boshqa valyutadagi ekvivalenti) to’lovni amalga oshirishingiz kerak (oxirgi 5 kun hisobga olinmaydi).
Savollar va javoblar
Aksiya qaysi kartalar uchun amal qiladi?
O’zbekiston Respublikasi hududidagi banklar tomonidan chiqarilgan, shuningdek, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus, Ukraina, Serbiya, Moldova, Turkmaniston, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Kosovo, Chernogoriya va Armanistonda ham chiqarilgan faol va muddati tugamagan Visa Platinum va/yoki Visa Signature va/yoki Visa Infinite kartalari uchun.
Imtiyozdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish uchun karta egalari oy davomida qancha summada tranzaksiyalarni amalga oshirishlari kerak?
Visa Signature karta egalari umumiy qiymati 4 000 000 so’mdan, Visa Infinite karta egalari umumiy qiymati 10 000 000 so’mdan (yoki boshqa valyutadagi ushbu summaning ekvivalenti) boshlangan xaridlar qilishlari kerak.
Xarajatlar limitini hisoblash uchun qanday operatsiyalar hisobga olinadi va qaysilari hisobga olinmaydi?
Quyidagilar hisobga olinadi:
- ham xorijiy, ham O’zbekiston hududida (barcha Uzcard va Humo terminallarida), shuningdek Internetda (POS va E-com operatsiyalari) amalga oshirilgan savdo tarmog’idagi barcha operatsiyalar;
- amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni muhim emas, faqat summasi muhim.
Quyidagi operatsiyalar hisobga olinmaydi:
- naqd pul bilan;
- kartadan naqd pulsiz o’tkazmalar;
- karta bog’langan hisobvaraqdagi operatsiyalar (Internet-banking tizimlari orqali o’tkazmalar, kredit to’lovlarini to’lash, rekvizitlar bo’yicha o’tkazmalar, P2P o’tkazmalari va boshqalar).
Amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni muhim emas, faqat summasi muhim.
Uyali telefondan operatsiyalar (token) hisobga olinadimi?
Jami qo’shilgan xarajatlarni hisoblash uchun hisobga olinadi.
Agar mablag’lar hisob raqamiga qaytarilsa (masalan, tovar qaytarilsa) nima bo’ladi?
Joriy oy uchun operatsiyalar summasi qaytarish miqdoriga kamayadi.
Savdo operatsiyalari soni hisobga olinadimi?
Yo’q. Amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni muhim emas, faqat summasi muhim.
Oy qanday hisoblanadi?
Oxirgi 5 kunlik operatsiyalardan tashqariJoriy sanadan oldingi oxirgi 35 kunlik barcha operatsiyalar hisoblanadi.
Agar karta bir necha kun oldin chiqarilgan bo’lsa va kerakli summani sarflashning imkoni bo’lmasa, aeroport xizmatlaridan foydalanish mumkinmi?
Yo’q, aeroportdagi xizmatlardan faqat minimal chegara summasiga erishgandan so’ng foydalanish mumkin.
Necha dona bagajni qadoqlash mumkin?
Visa Platinum karta egalari 1 kalendar yilida 2 tagacha bagajni qadoqlatishlari mumkin.
Visa Signature karta egalari - 1 kalendar yilida 4 tagacha bagaj.
Visa Infinite karta egalari - 1 kalendar yilida 6 tagacha bagaj.
Bagajni qadoqlash imtiyozi vaqt bilan cheklanganmi?
Taklif bepul qadoqlashlar muddati tugagunga qadar amal qiladi. Taklif sanalari uzaytirilishi yoki takliflar Visa qarori bilan ogohlantirmasdan bekor qilinishi mumkin.
Bepul bagajni qadoqlash xizmatidan qayerda foydalanish mumkin?
Ikkinchi qavatda parvoz zonasida, qadoqlash punkti Tashkent International Airport-ning chap tomonidagi kirish eshigi yonida joylashgan.
Bagajlarni bepul qadoqlash xizmatidan qanday foydalanish kerak?
VisaConcierge telegram botiga o’ting, so’ngra Visa Travel bo’limini tanlang. Keyin "O’zbekiston" tugmasiga o’ting va "Bagajni qadoqlash" tugmasini bosing.
Keyin taklif shartlari bilan tanishganingizni tasdiqlang va "Xizmatlarning mavjudligini tekshirish" tugmasini bosib, xizmatdan foydalanmoqchi bo’lgan Visa premial kartasini tanlang yoki qo’shing. Keyin, QR-kodini yarating, u qabul qilinganidan keyin 48 soat davomida amal qiladi.
Tashkent International Airportning ikkinchi qavatida, parvozlar zaonasida chap tomonda, burchakda joylashgan bagaj qadoqlash peshtaxtasiga boring. Xodimga xizmatdan foydalanmoqchi ekanligingizni bildiring va ilgari yaratilgan QR-kodini ko’rsating.
Bir vaqtning o’zida 2 ta chamadonni qadoqlash mumkinmi?
Ha, agar har bir qadoqlashdan oldin tasdiqlash muvaffaqiyatli o’tgan bo’lsa.